Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 46

29:46
۞ وَلَا تُجَٰدِلُوٓاْ أَهۡلَ ٱلۡكِتَٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِي هِيَ أَحۡسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنۡهُمۡۖ وَقُولُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱلَّذِيٓ أُنزِلَ إِلَيۡنَا وَأُنزِلَ إِلَيۡكُمۡ وَإِلَٰهُنَا وَإِلَٰهُكُمۡ وَٰحِدٞ وَنَحۡنُ لَهُۥ مُسۡلِمُونَ ٤٦
Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar.1
Footnotes
  • [1] (Oyatda zulm qilmagan ahli kitoblar bilan yaxshi, go`zal uslubda mujodala qilishga amr etilmoqda. Avvalo, zulm qilgan ahli kitoblar kim ekanini ajratib olaylik. Ahli kitoblarning zulm qilganlari xoh yahudiy, xoh nasroniy bo`lsin, o`zlariga kelgan ilohiy ta'limotlarni buzib, Allohga shirk keltirgan, sof aqidani o`zgartirganlardir. Demak, ular bilan yaxshi uslubda mujodala qilishga o`rin yo`q, chunki ular zolimlardir.)