Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-'Ankabut — Ayah 47

29:47
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيۡنَٰهُمُ ٱلۡكِتَٰبَ يُؤۡمِنُونَ بِهِۦۖ وَمِنۡ هَٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤۡمِنُ بِهِۦۚ وَمَا يَجۡحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا ٱلۡكَٰفِرُونَ ٤٧
Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.1
Footnotes
  • [1] (Qur'on oyatlarini kim inkor etsa, kim ularga iymon keltirmasa, o`sha kofirdir. Xoh u ahli kitobdan bo`lsin, xoh mushriklardan bo`lsin, xoh boshqa toifadan bo`lsin. Ba'zi bir ustamon ahli kitoblar hozirda sodda musulmonlarning boshini avvalgi oyat ma'nosi bilan aylantirmoqdalar. Mana, Qur'onda sizlar bilan bizni teng deyilgan, Ilohimiz bir, farqi yo`q, kelinglar, Injil o`qinglar, cherkovga kiringlar, deb yo`ldan urmoqdalar. Keyingi oyat esa, aytilmay qolib ketmoqda. Musulmonlar Qur'ondan uzoqlashganda ana shunday musibatlar kelib chiqadi. Islom keldi, boshqa barcha dinlar botil bo`ldi. Qur'on keldi, boshqa barcha kitoblar nasx bo`ldi. Ushbu haqiqatni hamma yaxshi bilmog`i darkor.)