Bas, qarindoshga, miskinga va yo`lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o`shalar najot topguvchilardir.1
Footnotes
[1]
(Rizq berish Alloh taoloning qo`lida bo`lgach, rizqning kamayib qolishidan qo`rqmay, qarindosh-urug`larga, miskinlar va safari tufayli muhtojlikka tushib, yo`lda qolganlarga haqlarini ber. Xayr-sadaqa qil. Sening qo`lingdagi rizqi ro`zda ularning ham haqlari borligini unutma.)