Odamlar mollari ichida ziyoda bo`lsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo`lmas. Allohning yuzini ko`zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o`shalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.1
Footnotes
[1]
(«Ribo» o`zbek tilida «sudxo`rlik» deb yuritiladi. Ribo bir odam ikkinchisiga ma'lum muddatga ma'lum miqdor pulni ustiga foiz qo`yib qaytarish sharti ila berishidir. Alloh taolo riboni harom qilgan, harom narsa qancha ko`p bo`lsa ham, ziyoda bo`lmaydi. Shuningdek, riboda savob ham yo`q. Balki gunoh bor. «Zakot» so`zi o`zbek tilida «pokiza» va «ziyoda» ma'nolarini anglatadi. Darhaqiqat, zakoti berilgan mol pokizalanadi va Alloh bergan baraka ila ziyoda ham bo`ladi.)