Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Luqman — Ayah 32

31:32
وَإِذَا غَشِيَهُم مَّوۡجٞ كَٱلظُّلَلِ دَعَوُاْ ٱللَّهَ مُخۡلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمۡ إِلَى ٱلۡبَرِّ فَمِنۡهُم مُّقۡتَصِدٞۚ وَمَا يَجۡحَدُ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَّا كُلُّ خَتَّارٖ كَفُورٖ ٣٢
Qachon ularni tog` kabi to`lqin o`rab qolsa, Allohning diniga ixlos ertaroq, duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, ba'zilari tejamkor bo`lur. Bizning oyatlarimizni faqat o`ta xoin va o`ta kofirlargina inkor eturlar.1
Footnotes
  • [1] (O`lim ko`ziga ko`ringan chog`da, mingan kemasi qattiq dovulga uchrab, dengizda xasdek u yon-bu yon otilayotgan bir paytda hamma narsani unutib, yolg`iz Allohning O`ziga yolborib iltijo qilishga tushadi. Allohdan boshqa narsa yodiga kelmaydi. Allohga, Uning diniga ixlos qilib qoladi. Eson-omon qutulib olsa, doimo Allohga shukr etib, ibodat qilib yurishga va'dalar beradi. Ular to`lqinga uchragan paytlarida, bundan buyon Allohga iymon-e'tiqodda bo`lib, ibodat qilib yuraman, deb va'dalar bergan edilar, o`sha va'dalariga xiyonat qiladilar. Allohning ne'mati ila o`limdan topgan najotlariga noshukrlik qiladilar. Kemaga mingan va dovulda qolgan paytda ko`rgan oyat-belgilarini inkor etadilar.)