Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Luqman — Ayah 33

31:33
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمۡ وَٱخۡشَوۡاْ يَوۡمٗا لَّا يَجۡزِي وَالِدٌ عَن وَلَدِهِۦ وَلَا مَوۡلُودٌ هُوَ جَازٍ عَن وَالِدِهِۦ شَيۡـًٔاۚ إِنَّ وَعۡدَ ٱللَّهِ حَقّٞۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلۡحَيَوٰةُ ٱلدُّنۡيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلۡغَرُورُ ٣٣
Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi bo`lmaydigan Kundan qo`rqing. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.1
Footnotes
  • [1] (Bu kun qiyomat kunidir. U kunda insonlar orasidagi bog`lanishlar, aloqalar kesiladi. Har kim o`zi uchun javob beradi. Birovning birovga foydasi tegmaydi. Hatto, ota bolaga, bola otaga foyda bera olmay qoladi. U kunda birdan-bir foyda beradigan narsa iymon va yaxshi amal bo`ladi. Ana o`shanday kundan qo`rqish barcha odamlarning odamiylik burchidir. Qiyomat kunidan qo`rqqan odamgina barcha yomonliklardan qaytadi. Aksincha, qiyomat kunidan qo`rqmaydigan odam hech qanday yomonlikdan qaytmaydi.)