Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 32

33:32
يَٰنِسَآءَ ٱلنَّبِيِّ لَسۡتُنَّ كَأَحَدٖ مِّنَ ٱلنِّسَآءِ إِنِ ٱتَّقَيۡتُنَّۚ فَلَا تَخۡضَعۡنَ بِٱلۡقَوۡلِ فَيَطۡمَعَ ٱلَّذِي فِي قَلۡبِهِۦ مَرَضٞ وَقُلۡنَ قَوۡلٗا مَّعۡرُوفٗا ٣٢
Ey, Nabiyning ayollari! Sizlar ayollardan birortasi kabi emassiz. Agar taqvo qilsangiz, mayin so`z qilmang, yana, qalbida kasali bor bo`lgan tama' qilib yurmasin. Gapirganda yaxshi gapni gapiringlar.1
Footnotes
  • [1] (Ya'ni, sizlarning boshqa hamma ayollardan farqlaringiz bor. Sizlar Payg`ambarning xotinlarisiz, mo`minlarning onalarisiz. Hamma mo`minalar uchun o`rnaksizlar. Ha, sizlar ayollardan birortasi kabi emassizlar. Bu maqomga erishishlaringiz uchun Payg`ambarga jufti halol bo`lganingizning o`zi yetmaydi, taqvo ham qilishlaringiz kerak. Ovozingizni mayin, nazokatli qilib, erkak kishiga ta'sir etadigan holatda gapirmang. Munofiq va iymoni zaiflar sizning mayin ovozingizni eshitib, fisqu fujurni boshlab qolmasinlar.)