Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 33

33:33
وَقَرۡنَ فِي بُيُوتِكُنَّ وَلَا تَبَرَّجۡنَ تَبَرُّجَ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ ٱلۡأُولَىٰۖ وَأَقِمۡنَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتِينَ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِعۡنَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُذۡهِبَ عَنكُمُ ٱلرِّجۡسَ أَهۡلَ ٱلۡبَيۡتِ وَيُطَهِّرَكُمۡ تَطۡهِيرٗا ٣٣
Viqor bilan uyingizda o`tiring. Ilgarigi johiliyatning ochiq-sochiqligi kabi ochiq-sochiq yurmang. Namozni to`kis ado eting, zakot bering, Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. Albatta, Alloh sizdan kirni ketkazib, butunlay poklashni xohlaydi, ey, ahli bayt!1
Footnotes
  • [1] (Johiliyat — Islomdan oldingi tuzum. U vaqtda ayollar ochilib-sochilib, yasan-tusan qilib, erkaklarning e'tiborini o`ziga tortishga intilar edilar. O`zlarini bozorga solib, tanalari va zebu ziynatlarini ko`z-ko`z qilar edilar. Bunday ochilib-sochilib yurish «tabarruj» deyiladi. Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning pokiza ayollarini johiliyat tuzumining xotinlari kabi ochiq-sochiq yurmaslikka amr etmoqda. Bu amr har bir muslima ayolga tegishli, lekin har bir muslimaga o`rnak bo`ladigan onalarimizga yanada qattiqroq tegishli ekan.)