Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 50

33:50
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ إِنَّآ أَحۡلَلۡنَا لَكَ أَزۡوَٰجَكَ ٱلَّٰتِيٓ ءَاتَيۡتَ أُجُورَهُنَّ وَمَا مَلَكَتۡ يَمِينُكَ مِمَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَيۡكَ وَبَنَاتِ عَمِّكَ وَبَنَاتِ عَمَّٰتِكَ وَبَنَاتِ خَالِكَ وَبَنَاتِ خَٰلَٰتِكَ ٱلَّٰتِي هَاجَرۡنَ مَعَكَ وَٱمۡرَأَةٗ مُّؤۡمِنَةً إِن وَهَبَتۡ نَفۡسَهَا لِلنَّبِيِّ إِنۡ أَرَادَ ٱلنَّبِيُّ أَن يَسۡتَنكِحَهَا خَالِصَةٗ لَّكَ مِن دُونِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَۗ قَدۡ عَلِمۡنَا مَا فَرَضۡنَا عَلَيۡهِمۡ فِيٓ أَزۡوَٰجِهِمۡ وَمَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُهُمۡ لِكَيۡلَا يَكُونَ عَلَيۡكَ حَرَجٞۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورٗا رَّحِيمٗا ٥٠
Ey Nabiy, Biz senga mahrlarini bergan juftlaringni, Alloh senga o`lja qilib bergan qo`l ostingdagi(cho`ri)larni, amakingning qizlari, ammalaringning qizlari, tog`angning qizlari, xolalaringning qizlaridan sen bilan hijrat qilganlarini halol qildik. Va agar bir mo`mina ayol o`z nafsini Nabiyga hadya etsa, Nabiy uni nikohlab olishni iroda qilsa, sen uchun maxsus halol qildik. Mo`minlarga emas. Ularga juftlari va qo`llari ostidagi mulk(cho`ri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz. Buni senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Ushbu oyati karimada va bundan keyin keladigan ikki oyatda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga qanday ayollarning nikohi durust ekani haqida, u zot alayhissalotu vassalom bilan turmush qurgan va quradigan ayollarga tegishli masalalar ustida so`z yuritiladi. Ushbu oyatda zikr qilingan uylanish bobidagi — nikohda to`rttadan ortiq ayolni ushlab turishni, mazkur toifa ayollarga uylanishni, cho`ri tutishni, o`z nafsini hadya qilgan xotinga mahrsiz, guvohsiz uylanishni, ey Nabiy, senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik.)