Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahzab — Ayah 51

33:51
۞ تُرۡجِي مَن تَشَآءُ مِنۡهُنَّ وَتُـٔۡوِيٓ إِلَيۡكَ مَن تَشَآءُۖ وَمَنِ ٱبۡتَغَيۡتَ مِمَّنۡ عَزَلۡتَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيۡكَۚ ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَن تَقَرَّ أَعۡيُنُهُنَّ وَلَا يَحۡزَنَّ وَيَرۡضَيۡنَ بِمَآ ءَاتَيۡتَهُنَّ كُلُّهُنَّۚ وَٱللَّهُ يَعۡلَمُ مَا فِي قُلُوبِكُمۡۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَلِيمٗا ٥١
Ulardan xohlaganingni nari qo`yib, xohlaganingni o`zingga olursan. O`zing chetlatganlardan birortasini istasang, senga gunoh bo`lmas. Shunday bo`lishi ularning ko`zlari quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasliklari va hammalarining sen ularga bergan narsadan rozi bo`lishlariga yaqinroqdir. Alloh qalblaringizdagi narsani biladir va Alloh o`ta bilguvchi va o`ta haliym Zotdir.1
Footnotes
  • [1] (Rasululloh alayhissalotu vassalom ayollari bilan navbatma-navbat yotar edilar. Mabodo navbatni buzishga ehtiyoj chiqib qolsa, navbati kelgan onamizdan, falonchining oldida tunashimga izn berasanmi, deb so`rar edilar. Bu oyatda esa, so`ramasdan ham, o`zlari nimani istasalar, qilaverishga haqlari bor ekanligi bayon qilinmoqda. Bu ham, faraz ma'nosida olsak, o`z nafsini hadya qilgan ayolni oldin rad etib, keyin yana xohlab olganing senga gunoh bo`lmas, ma'nosi chiqadi. Yoki zavjalaringdan birortasiga navbatida kirmay qo`ygan bo`lsang, istagan paytingda kiraverasan, ma'nosi chiqadi. Chunki bu ishlarni Allohning amri bilan qilayotganingni bilganlaridan keyin, ayollaringning ko`zlari quvonchga to`ladi, xafa bo`lmaydilar va rozi bo`ladilar.)