Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey, iymon keltirganlar! Siz ham unga salovot ayting va salom yuboring.1
Footnotes
[1]
(Arab tilida «salovot» so`zi «salot»ning jami bo`lib, duo ma'nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma'nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo`lganida «duo» ma'nosini yo`qotadi. Alloh taoloning Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga salovot aytishining ma'nosi u zot alayhissalotu vassalomga o`z rahmatini yuborishi, ulug`lashi, maqomlarini ko`rsatishi va farishtalar huzurida sha'nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.)