Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda la'natladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qo`ydi.1
Footnotes
[1]
(Allohga ozor berish — Allohga shirk keltirish, unga osiy bo`lish, Uni O`ziga mos bo`lmagan sifatlar bilan sifatlash, dinga, payg`ambarlariga, kitoblariga til tekkizish. Payg`ambar alayhissalotu vassalomga ozor berish, o`sha vaqtda u zotga qarshi chiqish, jismoniy va ma'naviy zarba berish, shaxslariga, oilalari va ummatlariga nisbatan yomonlik qilish, ig`vo, bo`hton qilishdan iboratdir. Hozirda ham xuddi shunday: kim u kishining shaxslariga, dinlariga, shariatlariga, oilalariga, kitoblariga, sunnatlariga, ummatlariga til tekkizsa, u zot alayhissalotu vassalomga ozor bergan bo`ladi.)