Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fatir — Ayah 12

35:12
وَمَا يَسۡتَوِي ٱلۡبَحۡرَانِ هَٰذَا عَذۡبٞ فُرَاتٞ سَآئِغٞ شَرَابُهُۥ وَهَٰذَا مِلۡحٌ أُجَاجٞۖ وَمِن كُلّٖ تَأۡكُلُونَ لَحۡمٗا طَرِيّٗا وَتَسۡتَخۡرِجُونَ حِلۡيَةٗ تَلۡبَسُونَهَاۖ وَتَرَى ٱلۡفُلۡكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبۡتَغُواْ مِن فَضۡلِهِۦ وَلَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ ١٢
Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo`la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho`r, taxirdir. Siz har biridan toza go`sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko`rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.1
Footnotes
  • [1] (Allohning qudratini suv olamida ham yaqqol ko`rsa bo`ladi. Daryo-dengizlarda Allohning qudratiga dalolat qiluvchi ko`plab oyat-belgilar bo`lishi turgan gap. Albatta, dengiz va daryolar, ulardagi toza go`sht, taqinchoq va boshqa ne'matlar, ular uzra kema bilan suzib tijorat va boshqa maqsadlar yo`lida foydalanish inson uchun Allohning ulug` ne'mati bo`lib, ularga shukr qilish lozim. Iymonsiz esa, noshukr bo`ladi.)