Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fatir — Ayah 13

35:13
يُولِجُ ٱلَّيۡلَ فِي ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِي ٱلَّيۡلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمۡسَ وَٱلۡقَمَرَۖ كُلّٞ يَجۡرِي لِأَجَلٖ مُّسَمّٗىۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمۡ لَهُ ٱلۡمُلۡكُۚ وَٱلَّذِينَ تَدۡعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمۡلِكُونَ مِن قِطۡمِيرٍ ١٣
U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar.1
Footnotes
  • [1] (Arablarda hech narsaga arzimas va qadrsiz narsani xurmo danagi ustidagi o`ta yupqa po`stloqqa o`xshatish odati bor. Qur'oni Karim ham oyatlarni ilk qabul qilib olayotgan shu xalqning zehniga oson o`rnashtirish uchun mazkur o`xshatishdan foydalanib, mushriklar o`zlaricha ibodat etib yurgan soxta xudolari o`sha haqir po`stloqcha narsaga ham molik emasliklarini ta'kidlamoqda. Ular hech narsaga ega emaslar, ularning hukmi hech joyda o`tmaydi, deyilmoqda.)