Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Fatir — Ayah 42

35:42
وَأَقۡسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهۡدَ أَيۡمَٰنِهِمۡ لَئِن جَآءَهُمۡ نَذِيرٞ لَّيَكُونُنَّ أَهۡدَىٰ مِنۡ إِحۡدَى ٱلۡأُمَمِۖ فَلَمَّا جَآءَهُمۡ نَذِيرٞ مَّا زَادَهُمۡ إِلَّا نُفُورًا ٤٢
Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.1
Footnotes
  • [1] (Arab mushriklari o`z yurtlarida, xususan, Madinada yahudiylar bilan yonma-yon yashar edilar. Ularning tarixlari va qissalarini eshitgan edilar. Shuningdek, nasorolar ahvolidan ham bir oz bo`lsa-da, xabardor edilar. Bu ikki qavmning o`zlariga ogohlantiruvchi-payg`ambarlar kelganidan keyin ham yo`ldan ozib ketganlari arablarni ajablantirar edi. Ular o`zlaricha, agar bizga ogohlantiruvchi-payg`ambar kelsa, anavilarga o`xshab yurmaymiz, o`sha payg`ambar keltirgan ta'limotlarga amal etib, eng hidoyatli ummat bo`lamiz, deb qasam ichar edilar. Oyatda arab mushriklarining o`sha qasamlari eslatilib, so`ngra nimalar bo`lgani fosh etilmoqda.)