Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan.1
Footnotes
[1]
(O`zlaridan avval o`tganlarga qanday muomala qilish odatga aylangan bo`lsa, bularga ham shu qonun joriy qilindi. Ular xuddi ana shu narsani kutmoqdalar, xolos. O`shalarga o`xshab Allohning g`azabiga uchrab halokatga yo`liqishni kutmoqdalar, xolos. Chunki ilgari o`tganlardan qolgan sunnat — qonun shudir.)