Oyni esa, toki eski (xurmo) shingili (holiga) qaytgunga qadar manzillarini bichib qo`yganmiz.1
Footnotes
[1]
(Oy ham, quyosh ham dumaloq shakldagi samoviy jismdir. Insonning ko`ziga quyosh doim bir xil suratda ko`rinadi. Lekin oy bir oy davomida yigirma sakkiz shaklga kiradi. Avval kichik hilol bo`lib ko`rinadi. Kundan-kunga kattalashib, to`lin barkashga aylanadi. Keyin yana asta-sekin hilol holiga qaytadi. Chunki Alloh taolo oy uchun yigirma sakkiz manzilni bichib qo`ygan. Har kuni har xil manzildan chiqadi, har kuni har xil hajmda ko`rinadi.)