Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ya-Sin — Ayah 40

36:40
لَا ٱلشَّمۡسُ يَنۢبَغِي لَهَآ أَن تُدۡرِكَ ٱلۡقَمَرَ وَلَا ٱلَّيۡلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِۚ وَكُلّٞ فِي فَلَكٖ يَسۡبَحُونَ ٤٠
Na quyoshning oyga yetib olmog`i durust bo`lar va na kecha kunduzdan o`zib ketar. Har biri falakda suzib yurar.1
Footnotes
  • [1] (Hech qachon quyosh oyga yetib olib, bemahalda bosh ko`tarib qolishi mumkin emas. Ulardan har biri Alloh belgilagan vaqtdagina chiqadi. Bu, nizom hatto daqiqalarigacha aniqdir. Undan kech ham qolmaydi, ilgari ham ketmaydi. Bu jarayon dunyo bunyod bo`lganidan buyon davom etib kelmoqda. Biron marta biron daqiqaga o`zgargan emas. Ushbu jarayonni taqdir qilgan Zot o`liklarni qayta tiriltirishga qodir emasmi?!)