Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o`ziga foyda. Kim zalolatga ketsa, o`ziga zarar. Sen ularga vakil (qo`riqchi) emassan.1
Footnotes
[1]
(Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qur'onga amal qilsa, o`ziga foyda bo`ladi. Kim shunchalik gap-so`zdan keyin ham, Alloh unga aql-hush berib, payg`ambar yuborib, kitob tushirib, haq yo`lni ko`rsatib qo`yganidan keyin ham zalolat yo`lini tanlasa, o`ziga zarar qiladi, boshqaga emas.)