Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 42

39:42
ٱللَّهُ يَتَوَفَّى ٱلۡأَنفُسَ حِينَ مَوۡتِهَا وَٱلَّتِي لَمۡ تَمُتۡ فِي مَنَامِهَاۖ فَيُمۡسِكُ ٱلَّتِي قَضَىٰ عَلَيۡهَا ٱلۡمَوۡتَ وَيُرۡسِلُ ٱلۡأُخۡرَىٰٓ إِلَىٰٓ أَجَلٖ مُّسَمًّىۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَأٓيَٰتٖ لِّقَوۡمٖ يَتَفَكَّرُونَ ٤٢
Alloh jonlarni o`limi vaqtida, o`lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, o`lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qo`yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.1
Footnotes
  • [1] (Har lahzada qanchadan-qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni ma'lum muddat uxlaydi, o`shanda u o`likka o`xshab yotadi. Uning joni nima bo`ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor. Jonlarni o`lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi katta vafot, uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi kichik vafot deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan bo`ladi. Kimning qazosi yetgan bo`lsa, uyqusidan qayta uyg`onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qo`yib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.)