Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 67

39:67
وَمَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدۡرِهِۦ وَٱلۡأَرۡضُ جَمِيعٗا قَبۡضَتُهُۥ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِ وَٱلسَّمَٰوَٰتُ مَطۡوِيَّٰتُۢ بِيَمِينِهِۦۚ سُبۡحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشۡرِكُونَ ٦٧
Ular Allohning qadrini to`g`ri taqdirlamadilar. Holbuki, Yer borligicha Uning siqimidadir. Osmonlar esa, Uning qo`liga yig`ilgandir. U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va yuksakdir.1
Footnotes
  • [1] (Bu dunyoda Allohga shirk keltirganlar Alloh taoloning qanday zot ekanini to`g`ri taqdir qilmadilar. Ular Alloh taoloning yolg`iz O`ziga ibodat qilmayotganlari, Unga shirk keltirayotganlari shunga dalolatdir. Allohning vahdoniyatini ham, Allohning ulug`ligini ham idrok qilmadilar. Ular Allohning har bir narsaga qodirligini anglamadilar. Agar shu ma'nolarni idrok qilganlarida Unga shirk keltirmas edilar.)