Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Az-Zumar — Ayah 68

39:68
وَنُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخۡرَىٰ فَإِذَا هُمۡ قِيَامٞ يَنظُرُونَ ٦٨
Va surga puflandi. Osmonlaru yerda kim bo`lsa, qulab o`ldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. So`ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to`satdan ular turib intizor bo`lurlar.1
Footnotes
  • [1] (Demak, surga birinchi bor puflanganda osmonlaru Yerdagi barcha jonzotlar chaqmoq urganday birdan yiqilib o`ladilar. Shuning uchun ham bu puflash «sa'q» — «yiqilib o`lish» puflashi, deyiladi. Allohning xohishi hamma narsadan ustun, shuning uchun U zot xohlasa, ba'zi jonzotlar sa'q — puflashidan keyin ham tirik qoladi. Isrofil alayhissalom tomonidan surga ikkinchi bor puflandi, barcha xaloyiq tirilib, o`rinlaridan turib, bundan keyin nima bo`lishini kutadilar. Shuning uchun ham ikkinchi puflash «turish puflashi» deb nomlanadi.)