Kim oxirat hosilini istasa, biz unga hosilini ziyoda qilib berurmiz. Kim dunyo hosilini istasa, biz unga o`shandan berurmiz va unga oxiratda biron nasiba bo`lmas.1
Footnotes
[1]
(Bu dunyo rizqini xohlab, o`shanga yarasha harakat qilgan bandaga bu dunyo rizqini beradi. Ammo bu dunyo rizqini istagan o`sha bandaga oxiratdan hech qanday nasiba qolmaydi. Oxirat hosilini istagan odam esa, bu dunyo hosilidan ham boshqalardan ko`ra yaxshiroq bahramand bo`ladi. Allohga iymon keltirib, Uning shariatiga amal qilganlar yaxshi oqibatga erishishlari turgan gap.)