Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ash-Shuraa — Ayah 21

42:21
أَمۡ لَهُمۡ شُرَكَٰٓؤُاْ شَرَعُواْ لَهُم مِّنَ ٱلدِّينِ مَا لَمۡ يَأۡذَنۢ بِهِ ٱللَّهُۚ وَلَوۡلَا كَلِمَةُ ٱلۡفَصۡلِ لَقُضِيَ بَيۡنَهُمۡۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٞ ٢١
Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi bo`lmaganida, albatta, ular o`rtasida hukm qilingan bo`lar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir.1
Footnotes
  • [1] (Dinsiz, iymonsiz kishilar, Allohning amriga yurmasdan, turli gunoh ishlarni qiladilar. Gunoh ishlarga Alloh taolo izn bermagani, ularni man qilgani juda ham ravshan. Ammo ba'zi odamlar gunoh va ma'siyatlarni bemolol qilmoqdalar. Ularga mazkur gunoh va ma'siyatlarni qilishga kim izn beradi? Allohga sherik keltirgan xudolarimi?! O`sha sherik xudolari ularga Alloh izn bermagan ishlarni qilishni qonunlashtirib berganmi? Agar bandalarning amallariga savob yoki azob qiyomatda bo`lishi haqidagi ajrim so`zi bo`lmaganida, bandalar orasida hoziroq hukm qilinib qo`yilgan bo`lar edi.)