Allohning bashar bilan gaplashmog`i bo`lmagan, magar vahiy orqali, yoki parda ortidan yoxud elchi yuboradi va ul U zotning izni ila xohlagan narsasini vahiy qilur. Albatta, U zot o`ta oliy va o`ta hikmatlidir.1
Footnotes
[1]
(Inson zoti uchun Alloh Taolo bilan bevosita gaplashish muyassar bo`ladigan narsa emas. Alloh bilan bashar orasidagi aloqa bovosita bo`lur. Vositaning bir tarafida insonlar orasidan tanlab olingan eng yetuk zotlar, payg`ambarlar alayhimussalomlar turur. Ya'ni, o`sha vositali gaplashishga ham har bir inson qodir emas. Endi, odamlar orasidan tanlab olingan payg`ambarlar ham barobar emaslar, osmondagi nur sochib turgan yulduzlar hajm va nur jihatidan xilma-xil bo`lganlaridek ular ham xilma-xildirlar.)