Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Ash-Shuraa — Ayah 52

42:52
وَكَذَٰلِكَ أَوۡحَيۡنَآ إِلَيۡكَ رُوحٗا مِّنۡ أَمۡرِنَاۚ مَا كُنتَ تَدۡرِي مَا ٱلۡكِتَٰبُ وَلَا ٱلۡإِيمَٰنُ وَلَٰكِن جَعَلۡنَٰهُ نُورٗا نَّهۡدِي بِهِۦ مَن نَّشَآءُ مِنۡ عِبَادِنَاۚ وَإِنَّكَ لَتَهۡدِيٓ إِلَىٰ صِرَٰطٖ مُّسۡتَقِيمٖ ٥٢
Ana shunga o`xshash, Biz senga O`z amrimizdan bir ruhni vahiy qildik. Sen kitob nimaligini ham, iymon nimaligini ham idrok qilmas eding. Lekin, Biz uni bir nur qildikki, u bilan bandalarimizdan kimni xohlasak hidoyat qilurmiz. Albatta, sen to`g`ri yo`lga hidoyat qilursan.1
Footnotes
  • [1] (Alloh Taolo bu oyati karimada Qur'oni Karimni, Muhammad sollallohu alayhi va sallamga vahiy orqali yuborgan so`nggi kitobini ruh-jon, deb atamoqda. Qur'oni Karim insoniyat uchun ma'naviy ruhdir.)