Sen: «Ayting-chi, agar u (Qur'on) Allohdan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qur'on)ga o`xshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt.1
Footnotes
[1]
(Qur'oni Karimda buzuq aqidalarni tuzatish, to`g`ri yo`lga boshlash uchun turli uslublar qo`llangan. Bu oyatda mushriklarning aqidasiga shubha solish yo`li bilan, ularning xatoda ekanliklari bayon qilinmoqda.)