Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Ahqaf — Ayah 11

46:11
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَوۡ كَانَ خَيۡرٗا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيۡهِۚ وَإِذۡ لَمۡ يَهۡتَدُواْ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَٰذَآ إِفۡكٞ قَدِيمٞ ١١
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar.1
Footnotes
  • [1] (Kibru havoga uchgan arab boyvachchalarining nazarida kambag`allarning Islomga kirishi, Qur'onga ishonishi kamchilik, ayb bo`lib ko`ringan. Ular o`zlaricha, «yalangayoqlar yurgan yo`l yaxshi bo`larmidi?» demoqchilar. Lekin, ayni choqda, Hazrati Abu Bakr, Hazrati Usmon, Hadicha onamizga o`xshash boy, zadogonlar ham birinchilardan bo`lib Islomga kirishganini e'tiborga olishmaydi. Islom boyni ham, kambag`alni ham, kuchlini ham, zaifni ham bir oila a'zosi qilish uchun Alloh tamonidan yuborilgan din.)