Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Fath — Ayah 26

48:26
إِذۡ جَعَلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِي قُلُوبِهِمُ ٱلۡحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ ٱلۡجَٰهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلۡمُؤۡمِنِينَ وَأَلۡزَمَهُمۡ كَلِمَةَ ٱلتَّقۡوَىٰ وَكَانُوٓاْ أَحَقَّ بِهَا وَأَهۡلَهَاۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٗا ٢٦
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh O`z sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko`rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir.1
Footnotes
  • [1] (Kofirlar Muhammad alayhissalom boshchiliklaridagi sof niyatli musulmonlarni Masjidul Haromdan man qildilar. Hech bir vaqt, hech bir sharoitda ham sodir etilmagan sharmandalikni qildilar. Makka mushriklarining bu holatlariga qarshi ikkinchi taraf — Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlar o`zlarini qanday tutdilar? Alloh taolo ularning qalbiga sokinlik va halovat soldi, hamma narsani kamtarlik va osoyishtalik bilan, Allohning roziligini tilab qiladilar. Ularga Alloh taolo taqvo kalimasini ravo ko`rgani ham shundan.)