Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Fath — Ayah 27

48:27
لَّقَدۡ صَدَقَ ٱللَّهُ رَسُولَهُ ٱلرُّءۡيَا بِٱلۡحَقِّۖ لَتَدۡخُلُنَّ ٱلۡمَسۡجِدَ ٱلۡحَرَامَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُءُوسَكُمۡ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَۖ فَعَلِمَ مَا لَمۡ تَعۡلَمُواْ فَجَعَلَ مِن دُونِ ذَٰلِكَ فَتۡحٗا قَرِيبًا ٢٧
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qo`rqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi.1
Footnotes
  • [1] (Bu oyatda Alloh taolo mo`minlarga bir necha xushxabar yetkazmoqda. Avvalo, Payg`ambar alayhissalomning tushlarini tasdiqlamoqda. Qolaversa, Masjidul Haromga kirish albatta nasib etishining xabarini bermoqda. Ushbu xabarni Allohning O`zi ta'kidlab berayotganiga qaramay, yana O`zi «inshoalloh» — Alloh xohlasa, degan iborani ishlatmoqda. Bunday deyish iymon odoblaridan bo`lib, dunyodagi har bir ishni va voqeani Alloh taoloning xohishiga bog`lashdan iboratdir. Bu va'da Hudaybiya sulhidan ko`p o`tmay amalga oshdi.)