Albatta, iymonlilarni ranjitish uchun qilingan sirli suhbat shaytondandur, Allohning izni bilan qilingan sirli suhbatgina ularga hech zarar yetkazmas. Mo`minlar Allohning O`ziga tavakkal qilsinlar.1
Footnotes
[1]
(Odatda ikkita-ikkita yoki ko`proq bo`lib olib, jamoatdan ajrab pichir-pichir qilib gaplashish ko`rib turganlar qalbiga shubha soladi. «Bizdan berkitib bular nimaningdir maslahatini qilishayotgan ekan», degan xayolga olib boradi. Buning ustiga, shayton: «Sening zararingga maslahat qilishyapti, bo`lmasa oshkora gapirishardi», deb vasvasa qiladi. Shunday qilib, qarabsizki, jamiyat a'zolari ichida bir-biriga ishonchsizlik yuzaga keladi.)