Ey, iymon keltirganlar! Qachon sirli suhbat qilsangiz, gunoh, dushmanlik va Payg`ambarga ma'siyatga sirli suhbat qilmangiz. Yaxshilik va taqvoga sirli suhbat qilingiz. Huzuriga to`planib boradiganingiz Allohga taqvo qilingiz.1
Footnotes
[1]
(Musulmonlar o`zaro suhbatlarida doimo bir-birlarini yaxshilikka va taqvoga chorlashlari lozim. Afsuski, hozir bu qur'oniy ta'limotlar bizning oramizdan yo`qolgan. O`zaro suhbatlar yolg`on, bo`hton, tuhmat va g`iybatdan iborat bo`lib qolmoqda. Bu esa musulmonlarning na odobiga, na sha'niga to`g`ri keladi.)