U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu'min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir.1
Footnotes
[1]
(Malik — haqiqiy egadir, Undan o`zga ega yo`q. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo`ladilar. Quddus — barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning O`zigagina xosdir. Salom — nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. Mo`min — iymon va omonlikni beruvchi. Muhaymin — hamma narsani qamrab oluvchi, ya'ni Alloh bandalarning barcha holatlarining guvohi bo`lib turadi, undan hech narsa maxfiy qolmaydi. Aziz — barchaning ustidan g`olib. Jabbor — oliy qadar, ulug`, Uning oldida o`zgalar o`zini xor tutadi. Mutakabbir — kibiryosi va ulug`ligi mubolag`ali zot.)