U — Alloh — Xoliq, Bori', Musovvirdur. Barcha go`zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir.1
Footnotes
[1]
(Xoliq — yaratuvchi. Bari'u — yo`qdan bor qiluvchi. Musavvir — maxluqotlarning suvratini shakllantiruvchi zot. Dunyodagi barcha chiroyli ismlar Allohnikidir. Hadisi sharifda Allohning to`qson to`qqizta chiroyli ismi zikr qilingan. Osmonda bo`lsin, yerda bo`lsin, dunyodagi barcha narsalar Alloh taoloni poklab yod etadi, lekin biz ularning tasbihini tushunmaymiz. U Alloh g`olibdir va hakim-barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi Zotdir.)