Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin)

Ayah by Ayah

Tags

Download Links

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Latin) translation for Surah Al-Mumtahanah — Ayah 1

60:1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ عَدُوِّي وَعَدُوَّكُمۡ أَوۡلِيَآءَ تُلۡقُونَ إِلَيۡهِم بِٱلۡمَوَدَّةِ وَقَدۡ كَفَرُواْ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلۡحَقِّ يُخۡرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمۡ أَن تُؤۡمِنُواْ بِٱللَّهِ رَبِّكُمۡ إِن كُنتُمۡ خَرَجۡتُمۡ جِهَٰدٗا فِي سَبِيلِي وَٱبۡتِغَآءَ مَرۡضَاتِيۚ تُسِرُّونَ إِلَيۡهِم بِٱلۡمَوَدَّةِ وَأَنَا۠ أَعۡلَمُ بِمَآ أَخۡفَيۡتُمۡ وَمَآ أَعۡلَنتُمۡۚ وَمَن يَفۡعَلۡهُ مِنكُمۡ فَقَدۡ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ ١
Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo`limda jihod qilib va roziligimni so`rab chiqqan bo`lsangiz, Mening dushmanlarimni va o`zingizning dushmanlaringizni do`st tutmanglar. Sizlar ularga do`stlik qilasizlar, ular bo`lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo`lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg`ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do`stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o`sha ishni qilsa, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur.1
Footnotes
  • [1] (Allohning va musulmonlarning dushmanlariga do`stlik qiluvchi kishilar bilib qo`ysinlarki, ular musulmonlarga kelgan haqqa — Qur'on va Islomga kofir bo`lganlar. Bu ham yetmaganidek, Payg`ambarning va mo`minlarning iymonlarini ayb hisoblab, o`z diyorlaridan haydab chiqarganlar. Shuning uchun u mushriklarni do`st tutmaslik kerak. Birov bilmaydi, deb ularga sir aytmang, Alloh taolo siru oshkor barcha amallaringizni bilib turuvchi Zotdir.)