Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir.1
Footnotes
[1]
(Oyatning nozil bo`lish sababi haqidagi rivoyatda aytilishicha: bir guruh kishilar Makkada iymonga kelib, Madinaga hijrat qilishmoqchi bo`lganlarida, xotin va bola-chaqalari, bizni tashlab qayoqqa borasan, deb to`siq bo`lishgan ekan. Vaqti kelib Madinaga borishsa, ulardan avval hijrat qilganlar dinda ilg`or bo`lib ketishibdi. Shunda ularni hijratdan to`sgan oila a'zolariga iqob qilishmoqchi bo`lganlarida Alloh taolo: «Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz, bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmdil Zotdir», degan oyatini tushirib, ularni bu ishdan qaytargan ekan.)