Albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug` ajr bor.1
Footnotes
[1]
(Mol-mulk kishi uchun sinovdir. Qo`liga mol-dunyo kelganda ham hovliqmasdan, to`g`ri yo`lda sarflasa, ibodatini vaqtida qilsa, ulkan savoblarga ega bo`ladi. Ammo dunyoga berilib yo`ldan ozsa, harom-xarish ishlarni qilsa, mol topish uchun gunoh yo`llarga ham kiraversa, unda sinovdan o`ta olmagan bo`ladi va gunohiga yarasha jazosini oladi. Shuningdek, farzandlar ham Allohning ulkan ne'mati. Ularni to`g`ri tarbiyalab, xudojo`y qilib o`stirilsa, ikki dunyoning obro`yini olib beradi. Agar teskarisi bo`lsa, ikki dunyoda sharmanda qiladi. Demak, Allohning muhabbatini, mol-mulk va farzandlar muhabatidan ustun qo`ymoq zarur. Chunki Uning huzurida ulug` ajr bor.)